Uydagi issiqlikni qanday saqlab qolish mumkin?

20 январь | 12 : 50

Sizga shunday holat tanishmi, qishda uyingizda issiq va qulay bo‘lishini orzu qilasiz, ammo haqiqatda esa bir necha qavat issiq yopinchiq ostida ham deyarli isinishga imkoniyat topaolmaysiz. Bu yil kuz oxirida haroratning keskin ravishda pasayishi va sovuq haroratning uzoq vaqt davomida saqlanib qolishi, yana bir bor uylarimizda energotejamkorlik masalasiga alohida e’tibor bilan qarash muhimligini taqozo etmoqda.
Afsuski, bugungi kunda o‘z yashash joyimizni issiq saqlaydigan holga keltirishni paysalga solishimiz oqibatida biz “ko‘chani isitish” ni davom etmoqdamiz va shuning bilan sovuq uylarda kommunal to‘lovlarni ortig‘i bilan amalga oshirish orqali havoga pul sovurilishiga xizmat qilmoqdamiz, buning oddiy yechimi esa, uylarni minimal harajatlar bilan isitish – o‘z uyingizni mineral vata bilan issiq saqlaydigan holatga keltirishdir.
Shunday qilib, uylarimizda qimmatli issiqlikni biz qanday yo‘qotmoqdamiz?
25-30% — tom orqali
15-20% — devorlar orqali
10-15% — oynalar orqali
3-6% — yerto‘la orqali.
Siz o‘z uyingizda, “Ekover” mineral vata yordamida, hech bo‘lmaganda devorlarni va tom ostini issiq saqlaydigan holga keltirish orqali qish mavsumida isitishga harajatlaringizni (doimiy qimmatlashib borayotgan tabiiy gaz va elektr energiyasi) 45% gacha o‘z harajatlaringizni qisqartirishingiz mumkin.
Bunda “Ekover” mineral tolali mahsulotlar, siz bir ishlatishingiz natijasida, sizning uyingiz va oilangizni sovuqdan 50 yil mobaynida ximoya qiladi. Xatto yoz jaziramasida ham, siz qish zahrini esdan chiqargan paytingizda ham, issiqlik saqlovchi mahsulot uyda yoki xonadonda mo‘tadil salqin havoni, konditsionerga ortiqcha harajat qilmagan holda saqlab berishga yordam beradi.
Bunga bonus tariqasida sizda qo‘shimcha tovush izolyatsiyasi hosil bo‘ladi va sizni ortiqcha ko‘cha shovqini yoki juda aktiv qo‘shnilar bezovta qilmaydi.
Bugungi kunda uyni issiq saqlaydigan holga keltirish hashamat emas, aksincha xayotiy zarurat, oila a’zolaringiz va yaqinlaringiz sog‘ligi va qulay sharoiti haqida qayg‘urishdir va bunga uzoq muddatga minimal harakatlar evaziga erishish mumkin.
Shu jumladan, aslida arzimagan bir harakat orqali, ya’ni “Ekover” mineral tolali mahsulotlardan foydalanishingiz natijasida global iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir o‘tkazilishini oldini olishga hamda farzandlarimizning shu zaminimizdagi baxtli kelajagini ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
“Ekoklimat” kompaniyasi mineral tolali issiqlik saqlovchi mahsulotlar ishlab chiqarish orqali o‘ziga eng oliy maqsad sifatida insonlarga haqiqatdan turmush sifatini yaxshilovchi, ortiqcha harajatlarni kamaytirgan holda ularning moliyaviy holatini yaxshilovchi mahsulotlar yetkazib berishni belgilab olgan, shu maqsadda kirib kelayotgan 2021-yilda issiqlik saqlovchi mahsulotning yana bir yangi turini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Mazkur mahsulotga “Karkas” nomi berildi va ayniqsa energotejamkor uylar qurilishida yangicha yondashuv qilmoqchi bo‘lganlar, o‘z orzusidagi uyni qisqa muddatlarda (2-3 oy davomida), g‘isht, beton va boshqa qorishmalar sifati haqida ortiqcha bosh qotirmagan holda va eng muhimi ortiqcha harajatlarsiz qurmoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi mahsulot taqdimotiga ham oz vaqt qolmoqda. Ammo bugungi kunda ham “Ekover” issiqlikni saqlovchi mineral tolali mahsulotlar siz istiqomat qiladigan yoki eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan ishxona binolarini barcha yaqinlaringiz bilan qulay va mo‘tadil haroratda bo‘lishi uchun mamlakatimizning barcha joylarida sotib kelinmoqda.
Bizning mahsulotlarimiz minglab xonadonlarga energotejamkorlik va qulay isitish/sovutish sharoitlarini yaratilishiga ulgurib bo‘ldi. Endi navbat sizniki.
“Ekover” mineral tolali issiqlik saqlovchi mahsulotlarni zudlik bilan amalda sinab ko‘rishingizni tavsiya etamiz!

Еще новости от компании "ECOVER ECO"

«Экоклимат»: где теряется тепло в домах и как его сохранить Компания «Экоклимат» рассказала, как снизить затраты на обогрев жилья и какие части дома нужно утеплять.11 января 2021, 11:00   Общество    РекламаПорой так хочется, чтобы в доме зимой...

Завод по выпуску минеральной ваты Angren Insulation строится в СЭЗ Ангрен В 2019—2020 годах в СЭЗ Ангрен будет запущен завод по выпуску минеральной ваты с производственной мощностью 50 тысяч тонн в год.19 августа 2019, 17:00   Экономика    РекламаБлагодаря...

Минеральные плиты теплоизоляционные пл от 30 до 120 гр/м2 Минеральные Плиты "ECOVER" теплоизоляционные, на основе стекловолокна и кварца, плотность от 30 до 120 гр/м2, размер 120 - показать телефон - , толщина 50 мм, кол-во может быть в упаковке...